ABUL BARAKOT NASAFIYNING ILMIY MEROSLARI VA XUSUSAN “TAFSIRUN NASAFIY” ASARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Abul Barakot an-Nasafiy, Madorik at-Tanzil, Tafsir an-Nasafiy, hanafiy mazhabi, moturidiy aqida, tafsir ilmi, Kashshof, Bayzoviy, ahli sunna val jamoa, fiqh, kalom, Qur’on tafsiri, mo‘g‘ullar davri, isroiliyat, qiroatlar, tafsir uslubi.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, hanafiy fiqh va moturidiy aqida yo‘nalishining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan alloma Abul Barakot an-Nasafiyning ilmiy merosi o‘rganiladi. Uning kalom, fiqh va tafsir sohalariga oid muhim asarlari, xususan “Madorik at-Tanzil va Haqoiq at-Taʼvil” nomli tafsiri alohida tahlil qilinadi. Ushbu tafsir asari hanafiylik va ahli sunna ta’limotiga asoslangan bo‘lib, unda Zamaxshariyning “Kashshof” va Bayzoviy tafsirlaridan tanlab olingan jihatlar, ammo moʻtaziliy yondashuvlardan holi uslub qo‘llanilgan. Muallif Qur’on oyatlarini fiqhiy, tilshunoslik va kalomiy jihatdan izohlab, tafsirni moʻtadil, ixcham, isroiliylardan pok va ilmiy yondashuvga asoslangan holda yozgan. Shuningdek, maqolada Abul Barakot Nasafiyning boshqa mashhur asarlari va ulamolar tomonidan berilgan ta’riflar ham bayon etilgan. Bu maqola tafsir ilmi rivojiga qo‘shilgan boy ilmiy merosni ochib berish barobarida, hanafiy tafsir maktabining o‘ziga xos jihatlarini ham yoritadi.
References
1. Uvatov U. Yurtimiz allomalari. – Toshkent: Nihol, 2014. – B. 98.
2. Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 29.
3. Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 13.
4. Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiyya. – Bayrut: Matbaʼatus saʼoda, 1998. – B. 101.
5. Ibn Xajar Asqaloniy. Durarul kamina. – Haydarobod: Maorifil Usmoniya, 1994, – J. 1. – B. 17.
6. Abdulhay Laknaviy. Favoidul bahiyya. – Bayrut: Matbaʼatus saʼoda, 1998 – B. 101-102.