“TOBUT” ASARIDA QO‘LLANILGAN PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Paremiologik birliklar, maqol, xalq og‘zaki ijodi, badiiy tafakkur, milliy qadriyatlar, estetik funksiya, lingvopoetik tahlil.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Nazar Eshonqulning “Tobut” hikoyasida qo‘llanilgan paremiologik birliklarning badiiy-funktsional va semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Hikoyada ishlatilgan maqollar, hikmatli iboralar va xalq og‘zaki ijodiga mansub birliklar asarning ma’naviy-estetik qiymatini oshirish bilan birga, qahramonlarning ichki kechinmalari, ijtimoiy va falsafiy qarashlarini ochib berishda muhim vosita sifatida xizmat qilishi yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada paremiologik birliklarning turlari, ularning matn doirasida qanday semantik yuk ko‘tarishi, xalqning madaniy tafakkuri va urf-odatlari bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalarida “Tobut” hikoyasi orqali o‘zbek xalqining milliy tafakkuri, hayot falsafasi va axloqiy me’yorlari qanday badiiy ifoda topgani ochib beriladi.
References
1. Abdullayev A. O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi.–Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1983.58-b.
2. O‘rinboev B., Qo‘ng‘urov R., Lapasov J. Badiiy tekstning lingvistik tahlili. – Toshkent, 1990, 34-b.
3. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.–Toshkent:“Fan”, 2007. 68-b.
4. Yo‘ldoshev M., Muhamedova S., Saparniyazova M. Matn lingvistikasi: o‘quv qo‘llanma / M. Yo‘Ldoshev, S. Muhamedova, M. Saparniyazova. -Toshkent: «Ishonchli Hamkor», 2021. - 188 b.
5. Shukurov R. Sintaktik parallellizmning uslubiy vazifalari // O‘TA, 2004, №2, 73-b. 9. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan, 2008. – 160 b.