RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA INFORMATIKA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINI TADBIQ ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim muhiti, informatika, axborot texnologiyalari, xorijiy tajriba, innovatsion metodika, interaktiv platformalar, raqamli savodxonlik, o‘qitish samaradorligi, ta’lim texnologiyalariAbstract
Bugungi raqamli asrda ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvlar tobora chuqur kirib bormoqda. Xususan, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirib qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur va boshqa rivojlangan mamlakatlarning IT yo‘nalishida o‘qitish metodikalari, platformalari va raqamli vositalardan foydalanish tajribalari tahlil qilinadi. Shu asosda, O‘zbekiston ta’lim tizimida zamonaviy raqamli ta’lim muhitini shakllantirish, o‘quvchilarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, raqamli savodxonlikni oshirish yo‘llari asoslab beriladi. Xorijiy tajribalarning milliy ta’lim muhitiga mos jihatlari ajratib olinadi va innovatsion, interaktiv metodikalar asosida o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘nalishlari ishlab chiqiladi.
References
1. Turg‘unov, S. (2021). Raqamli texnologiyalar asosida informatika fanini o‘qitish metodikasi. Toshkent: “Fan va Texnologiya” nashriyoti.
2. Jo‘raqulov, M. (2020). Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning ta’limda qo‘llanilishi. Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti.
3. Karimova, N. (2022). Informatika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar. Nukus: Qoraqalpoq davlat universiteti nashriyoti.
4. Abdullayeva, D. (2019). Pedagogik innovatsiyalar va raqamli savodxonlik. Toshkent: “Yangi asr avlodi”.
5. Xudoyberganov, O. (2021). Ta’lim jarayonida raqamli muhitdan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari. Andijon: “Ilm ziyo” nashriyoti.