“DIGITAL ANTICORRUPTION AMBASSADORS”: O‘ZBEKISTON VA TURKIYA YOSHLARI ISHTIROKIDAGI RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING INNOVATSION MODELI
Keywords:
Kalit so‘zlar: korrupsiya, yoshlar, raqamli faollik, ijtimoiy tarmoqlar, O‘zbekiston, Turkiya, raqamli elchilar, mafkuraviy immunitet, innovatsion model.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston va Turkiya yoshlarining raqamli platformalar orqali korrupsiyaga qarshi kurashishdagi innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, Telegram, Instagram, TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarda shakllanayotgan “raqamli antikorrupsiya elchilari” (ya’ni yoshlar tomonidan boshqariladigan bloglar, sahifalar va jamoaviy axborot platformalari) faoliyati tadqiq etilgan. Maqola doirasida ikki mamlakat yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va yarim strukturaviy intervyular asosida raqamli faollikning korrupsiyaga qarshi mafkuraviy immunitetga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning raqamli antikorrupsiya faoliyati korrupsiyaga qarshi ijtimoiy ong va fuqarolik faolligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, maqolada ikki mamlakatning raqamli siyosiy madaniyatidagi o‘xshashlik va tafovutlar ham tahlil qilingan. Yakuniy xulosalarda esa, raqamli antikorrupsiya elchilari modelini xalqaro darajada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
References
1. Bandura, A. (2001). Social Cognitive Theory of Mass Communication. Media Psychology, 3(3), 265–299.
2. Livingstone, S., & Helsper, E.J. (2007). Gradations in digital inclusion: Children, young people and the digital divide. New Media & Society, 9(4), 671–696.
3. Muminov, A. (2023). Yoshlarning raqamli savodxonligi va axborot maydonida ijtimoiy faolligi. Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy to‘plami, 1(7), 67–74.
4. Bayraktar, D. & Uygun Tunç, S. (2021). The Role of Turkish Youth in Anti-Corruption Awareness through Digital Tools. Journal of Political Studies, 14(2), 55–68.
5. Islomov, Sh. (2021). O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolik jamiyati institutlarining roli. “Ijtimoiy fanlar” jurnali, 2(3), 115–123.