МUSIQA CHOLG’U ASBOBLARI TARIXI

Authors

  • G. Nazarova Author

Abstract

O’zbek halq cholg’u asboblaridan yana biri naydir. Nay asbobining paydo bo’lishi ham qadim o’tmishga borib taqaladi. Qadimgi Sharq  madaniyati quchog’ida o’zbek halq cholg’ulari shakllandi. Ular ko’p asrli taraqqiyot davomida, o’ziga xos xususityalarini, tovush tusini saqlab qoldi. Tuzilishlari o’zgarmagan holda nay, surnay, karnay, bo’lamon va boshqa puflab chalinadigan musiqa asboblari an’anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi.  Nay cholg’usi  nafaqat O’zbekiston va Tojikistonda, balki Buryati, Mangoliya Respublikasi, Xitoyda ham keng tarqalgan. Bu cholg’u turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Masalan: O’zbekiston va Tojikitonda nay, Buryat va Mangoliyada limba, Xitoyda li deb yuritiladi. Nay musiqa asbobi yakka cholg’u, ansambl va orkestrlarda chalinadi. Ovoz hajmi kengligidan, xalq kuylarida, maqomlarda, ansamblda ko’proq yetakchi vazifasini bajaradi. Tuzilishiga ko’ra barmoqlar bilan berkitiladigan olti teshikcha, diotonik tovushqatorga ega bo’lib, umumiy ovoz hajmi birinchi oktava lya dan to’rtinchi oktava re gacha. Notalar skripka kalitida yoziladi. Barmoqlar bilan teshikchalarni to’la yoki yarim berkitish, yarim yoki butun tonlikni tashkil etadi.  Turlicha puflash yo’li bilan esa,  baland-past tovushlar chiqaziladi. Nayni puflaydigan teshigi va barmoqlar bilan yopadigan birinchi teshikcha o’rtasida yana bir teshikcha bo’lib, bunga yupqa qog’oz yopishtiriladi (bu asosan Xitoyda qo’llaniladi). Bu uslub tovushni to’lqinlantirib chiqarishga yordam beradi. Nayning ikkinchi uchida doimiy ochiq turadigan to’rtta teshikcha (ikkisi ikki yonda va qolgan ikkisi ort tomonda) ayrim pardalardagi tovushlarni yumshatib berish uchun xizmat qiladi. Nayning umumiy uzunligi 500-600 mm bo’lib, yog’ochdan, g’arovdan, qamish va misdan yasaladi. Shunga ko’ra «Yog’och nay», «Mis nay», «G’arov nay» deb ataladi. So’ngi yillarda nayni kichraytirilib ishlangan turi qo’llanila boshladikim, bu kichik nay «Nay pikkola» deb ataladi. Nayning ovozi juda yoqimli. Bu asbob ikki holatda, ya’ni o’tirib va tik turgan holatda ijro etiladi. Nay fortepianoning yoki chang asbobining lya notasiga sozlanadi.

References

1. Abdullayev K. «Nodir topilma» O’zbekiston madaniyati, 23 oktyabr 1973 y.

2. Abdullayeva S. «Zamonaviy Ozarbayjon musiqa cholg’ulari» Boku 1960 y.

3. Abdullayev S. «Qonun» darslik, A. Qodiriy nashriyoti, T., 2004 y.

4. Avedova N.A. «Iskusstvo oformleniya uzbekskix

muzkalnix instrumentov» Toshkent «San’at» nashriyoti., 1959 y.

5. Архив.уз

Published

2025-08-14

How to Cite

G. Nazarova. (2025). МUSIQA CHOLG’U ASBOBLARI TARIXI. Ustozlar Uchun, 77(1), 50-53. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/26199