AVESTONING MUQADDAS YOZUVI

Authors

  • X. Yuldasheva Author

Abstract

Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan.  Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «O`rnatilgan, qat`iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.  Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. 

References

1. Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001.

2. "Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2-

3. Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969

4. H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001

5. N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26.

6. N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. - "O`zbekiston ovozi" 2001, 25 sentabr.

7. www.e-tarix.uz

8. www.ziyonet.uz

Published

2025-08-14

How to Cite

X. Yuldasheva. (2025). AVESTONING MUQADDAS YOZUVI. Ustozlar Uchun, 77(1), 104-110. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/26229