XALQ OG`ZAKI IJODIDA MIFLARNING YARATILISHI
Abstract
Qadim-qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimizga dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar haqqida mukammal ilmiy tushunchaga ega bo`lmagan ana shunday ilmiy tushunchalarning yo`qligi natijasida xalq og`zaki ijodi va janrlari paydo bo`lgan .Bu jarayon o`z navbatida dnyoning rivojlanishi bilan uzviy bog`liq chunki insonlarni asosiy har kuni shug`ullanadigan mashg`ulot vazifasini xdalq og`zaki ijodining janrlari xisoblangan miflar hamshular jumlasidan desak mubolag`a bo`lmaydi Masalan, o‘ta qattiq yer silkinishi sodir bo‘lsa, yer o‘rtasida magma deb atalmish cho‘g‘ borligini,uning harakatga kelish oqibatida yer qimirlashlari bo‘lishini ilmiy asoslay olmagan bechora odamlar yerimizni ho‘kiz shoxida ko‘tarib turgan bo‘lsa kerak, ho‘kiz charchaganida shoxlarini qimirlatib, dam olsa kerak, oqibatda yer qimirlaydi, deb faraz qilganlar. Chunki bular u paytlarda hatto yerning dumaloq ekanini ham bilishmas edi. Bunday faraziy mulohazalar shunday ko‘p bo‘lgan-ki, o‘tmishdagi odamlar ularga javob topishga ham ulgurmaganlar. Ammo fikr yuritish, taxminiy sabablar topish xususiyatlari hozirgi dunyo kishisida ham ajdodlar dunyo qarashiga yaqin holda saqlanib qolgan, deyish mumkin.Miflar paydo bo`lgan davrda dunyo axolisini deyarli hammasi asosan qishloq xo`jalik chorvachilik hunarmandchilik bilan kun kechirishgan va yaratilgan miflarda ham asosan ular bilgan sohalarida yaratilgan. Inson hamisha har bir hodisadan o‘ziga manfaatli jihatlarini topishga urinadi.