OʻQITUVCHI FAOLIYATIDA AVTORITAR USLUBNING NAMOYON BOʻLISH XUSUSIYATLARI

Authors

  • Normo’minova Gulhayo Shavkat qizi Author
  • Norqobilova Hilola Zohid qizi Author

Keywords:

avtoritar uslub, oʻqituvchi faoliyati, taʼlim jarayoni, intizom, demokratik uslub, oʻquvchilar faolligi.

Abstract

Maqola oʻqituvchi faoliyatida avtoritar uslubning namoyon boʻlish xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Avtoritar uslub taʼlim jarayonida oʻqituvchining boshqaruvchi rolida kuchliroq namoyon boʻlishi, oʻquvchilarning mustaqilligini cheklash va qat'iy intizom talablariga asoslanishi bilan ajralib turadi. Maqolada avtoritar uslubning asosiy belgilari, jumladan, buyruq va koʻrsatmalar asosida ishlash, oʻquvchilarning ishtirokini cheklash, kommunikatsiyaning past darajasi hamda innovatsiyalarga qarshi munosabat kabi tomonlari chuqur oʻrganilgan. Bundan tashqari, avtoritar uslubning oʻquvchilar faoliyatiga va ularning shaxsiy rivojlanishiga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri alohida taʼkidlangan. Maqola zamonaviy taʼlimda demokratik va hamkorlik uslublarining afzalligini nazarda tutib, oʻqituvchilarga oʻz faoliyatlarini takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan. 

Published

2025-02-25

How to Cite

Normo’minova Gulhayo Shavkat qizi, & Norqobilova Hilola Zohid qizi. (2025). OʻQITUVCHI FAOLIYATIDA AVTORITAR USLUBNING NAMOYON BOʻLISH XUSUSIYATLARI. Ustozlar Uchun, 67(2), 159-163. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/3242