MAQSUD SHAYXZODANING IJODIY YO‘LI VA HAMDA ISH FAOLIYATI.

Authors

  • Salimova Barno Djamalovna Author
  • Olimjonova Nozima Foziljon qizi Author

Keywords:

Shayxzoda 1967 yil 19 fevralь vafot etdi. U Toshkentning Farobiy qabristonida dafn etilgan. Ozarbayjon tuprog‘ida tug‘ilgan falakning gardishi bilan o‘zbek tuprog‘iga kelib qolib, zavq –shavq bilan ijod qilgan, zamonaviy o‘zbek adabiy tili va adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan bu ulug‘ insonning muborak nomi hech qachon xalq nomidan o‘chmaydi. Zero uning o‘z yozganidek:

Abstract

U 1925 yildan boshlab Ozarbayjon Maorif xalq komissarligi yo‘llanmasi bilan Dog‘istonning Darband shahrida muallimlik bilan shug‘ullandi. Shayxzoda Dog‘istonda kechgan qisqa hayoti davomida ham muallim, ham shoir, ham jurnalist, ham tanqidchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shayxzoda 1928 yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar muharririyatlarida, 1935-1938 yillarda esa Fanlar Qo‘mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938 yildan to umrining so‘ngiga qadar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, malakali kadrlar yetishtirdi.

Published

2025-03-07

How to Cite

Salimova Barno Djamalovna, & Olimjonova Nozima Foziljon qizi. (2025). MAQSUD SHAYXZODANING IJODIY YO‘LI VA HAMDA ISH FAOLIYATI. Ustozlar Uchun, 68(1), 165-167. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/4285