OLIY TA`LIMDAGI O`ZGARISHLARNING ASOSIY YO`NALISHLARI

Authors

  • Sabirova Muxarram Author
  • Abdupattoyeva Nazokatxon Baxtiyorjon qizi Author
  • Mamajonova Umidaxon Ne’matjon qizi Author

Keywords:

mа’ruzа, dаrs ,kоnfеrеntsiya, diаlоg, аmаliyot, lаbоrаtоriya prаktikum, mustаqil uy ishi, iqtisod, fan, texnika, madaniyat , oliy ta`lim muassasalari universitet akademiya institut , eksternat, masofaviy ta`lim.

Abstract

Oʻzbekiston respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari orqali har bir fuqaroning taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa bu oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim-tarbiya shakllarini hamda usullarini joriy etish va shu orqali bolalarni rivojlantirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi. Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir. 

Published

2025-03-09

How to Cite

Sabirova Muxarram, Abdupattoyeva Nazokatxon Baxtiyorjon qizi, & Mamajonova Umidaxon Ne’matjon qizi. (2025). OLIY TA`LIMDAGI O`ZGARISHLARNING ASOSIY YO`NALISHLARI. Ustozlar Uchun, 68(1), 243-257. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/4416