O’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH

Authors

  • Sabirova Muxarram Author
  • Qosimjonova Mubinaxon Qudratbek qizi Author
  • Sattorova Umidaxon Xushnudbek qizi Author

Keywords:

O‘qituvchining kasbiy refleksiyasi; appe¬rsepsiya; emotsional reaksiyalar; kognitiv tasavvurlar; intellektual ref¬¬¬lek¬siya; kooperativ refleksiya; kommunikativ refleksiya; pedagogik in¬tui¬tsiya; ekstrapolyatsiya; individual refleksiya; kas¬biy refleksiya; inson psixikasi; interiorizatsiya; refleksiv xossalar; pedagogik tashxis¬lash; diag¬¬nostika; diagnostik funksiya; o‘qituvchining kasbiy professiog¬ram¬ma¬si; o‘qituvchi¬ning ijtimoiy – psixologik shakllanishi; indikatorlik vazifa.

Abstract

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilish­ga kirishildi. Belgilangan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshiri­lib, hozirgi kunda ta’lim sohasida yuksak samaradorliklarga erishil­moq­da. Bunda o‘qituvchilar bilan birga keng jamoatchilik, butun xalqi­miz­ning fidokorona mehnatini e’tirof etib, Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zi­ning “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida quyi­dagi fikrlarni bayon etadi: “Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazora­tida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun halqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.  Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoh­larida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog‘­liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan o‘qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi kerak”.Bu ulkan javobgarlik hissi o‘qituvchilarda pedagogik mahorat qirra­larining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomil­lashtirishni talab etadi. So‘nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobili­yatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kid­lamoq­dalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi.

Published

2025-03-09

How to Cite

Sabirova Muxarram, Qosimjonova Mubinaxon Qudratbek qizi, & Sattorova Umidaxon Xushnudbek qizi. (2025). O’QITUVCHI MEHNATINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH. Ustozlar Uchun, 68(1), 271-283. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/4418