PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA
##semicolon##
“Barkamol avlod yili”; “Pedagogik mahorat” fani; pedagogik faoliyat; pedagogik jarayonning harakat vositasi; komponent; o‘qituvchining kasbiy tayyorligi; tarkibiy qismlar; “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun;##article.abstract##
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb–hunar sirlarini puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, zarur shart – sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy –metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim. Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi, o‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o‘rgatuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo‘lib, o‘qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o‘rganadi.