TA`LIM SIFATINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH

Authors

  • Sabirova Muxarram Author
  • Qayumova Mushtariy Baxtiyorjon qizi Author
  • Ergasheva Gulmira Irgashboy qizi Author

Keywords:

ta’lim, baholash tizimi, tahlil, diagnostika, sifat kriteriyasi, assimilyatsiya darajasi, ko‘nikma, kompitensiya.

Abstract

Bugungi kunga kelib taʼlim, ijtimoiy, iqtisodiy, umuman barcha sohalar astasekinlik bilan raqamli iqtisodiyotga o'tkazilmoqda.Bulardan eng asosiysi taʼlim sohasini yaqqol misol qilib keltirishimiz mumkin.Chunki ta'lim tizimi kundan kunga yangilanib turishi lozim.Sababi shundaki, zamonaviy yondashuvlar asosida qurilgan darslar hech qaysi oʻquvchining diqqatidan chetda qolmaydi.Shu sababli, koʻplab psixolog va olimlar aynan shu borada bir qancha tajribalar oʻtkazishdi.Ma'lum boʻlishicha, har qanday yoshdagi oʻquvchining diqqati uzog'i bilan yigirma daqiqa davomida bir joyga toʻplanib, maʼlumotlarni shu vaqt davomidagina qabul qila olar ekan. Endi, shunday vaziyatda nima qilish kerak, qanday qilib oʻquvchining diqqatini uzoqroq vaqt davomida bir joyda ushlab turish mumkin? O'quvchining diqqatini oʻziga jalb qilish uchun oʻqituvchi qanday metodlardan foydalanishi kerak? Shu kabi savollar tugʻilishi tabiiy hol albatta, ayniqsa boʻlajak va koʻp yillik tajribaga ega boʻlmagan oʻqituvchilarda. Shunday muammoli va bahsmunozaralarga sabab boʻlgan ushbu vaziyatda zamonaviy innovatsiyalar bizga qoʻl keladi. Chunki bu kabi yangiliklar hamma uchun qiziq albatta. Zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar nafaqat oʻquvchining tez va oson maʼlumotlarni qabul qilishini taʼminlaydi. Ta’lim tizimida kelib chiqayotgan tizimli muammolar raqamlashgan jamiyat muhitiga mos va xos holda o‘quv jarayonini tashkil etishga qaratilgan. Biroq kun sayin yangi texnologiyalarning ishlab chiqilishi ta’lim muhitidagi innovatsion o‘zgarishlarga ta’sir qilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”, deb BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasida so‘zlagan nutqida ham yoshlarni chuqur bilim olishiga e’tibor qaratgan.

Published

2025-03-09

How to Cite

TA`LIM SIFATINI BAHOLASH VA NAZORAT QILISH. (2025). Ustozlar Uchun, 68(1), 302-315. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/4421