O’QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI

Авторы

  • Sabirova Muxarram Автор
  • Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin o`g`li Автор
  • Tojioxunov Saidislom Abduraxmon o’g’li Автор

Ключевые слова:

Madaniyat, an’ana, kommunikativ ataka, pedagogik muloqot, psixik holat, nutq, shaxsiy, bevosita, odamiylik, haqiqatgo‘ylik , talabchanlik, Ko‘zatuvchanlik, e’tiborlilik va odoblilik.

Аннотация

Pedagogik faoliyat madaniyat bilan o‘zviy ravishda bog‘langan bo‘ladi.Yuqori saviyali madaniyat - pedagog mehnatining zaruriy sharti hisoblanadi. Madaniyat – so‘zi lotinchadan tarjima qilinganida «ishlov berish», «yetishtirish» ma’nosini bildiradi. U insoniyat tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonida yaratilgan va yaratilayotgan, jamiyatning rivojlanshidagi tarixiy erishilgan darajasini ifoda etuvchi moddiy va ma’naviy qadriyatlari to‘plamidan iborat bo‘ladi. Madaniyat keng ma’noda - bu jamiyatning rivojlanishi tarixiy darajasidir. U odamlarning hayoti va faoliyatini tashkil etish turlari va shaxslarida hamda ular yaratayotgan moddiy – ma’naviy qadriyatlarda xam o‘z ifodasini topadi. Tor ma’noda madaniyatni modiy va ma’naviylik kabi ham tushuniladi. Moddiy madaniyat ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Ma’naviy madaniyat fan, san’at, adabiyot, ta’lim, falsafa kabi sohalarda ma’naviy qadriyatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va foydalanishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchining o‘zini namoyon etishi jamiyatning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi kuchi hisoblangan, insoniyat to‘plagan tajribani egallamay turib, amalga oshirib bo‘lmaydi. Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko‘p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‘zini anglashni, o‘zini takomillashtirishni ta’minlaydi.

Опубликован

2025-03-09

Как цитировать

Sabirova Muxarram, Ibrohimov Diyorbek Sirojiddin o`g`li, & Tojioxunov Saidislom Abduraxmon o’g’li. (2025). O’QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA PSIXOLOGIYASI. Ustozlar Uchun, 68(1), 330-341. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/4423