O`QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
Keywords:
Qobiliyat; psixik sifatlar; xotira va xarakter; individual-psixologik xususiyat; intellektlar to‘plami; modifikatsiya; kinestetik qobiliyat; man¬ti¬qiy qobiliyat; ko‘nikma va malakalar; mohirlik; iqtidor, iste’dod va daholik; mahsuldor; psixologik va fiziologik tuzilish; evristik; kreativ; umumiy va maxsus; talant; xususiyatlar ansambli; layoqat va zehn; kommunikativ qobiliyat;Abstract
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak. Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami deb atadi va uning ettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakalardir.