TA`LIM SIYOSATI

Authors

  • Sabirova Muxarram Author
  • To`ychiyeva Sanobar Erkinjon qizi Author
  • Odilova Umidaxon Alisher qizi Author

Keywords:

ta’lim siyosati, global chaqiriqlar, modernizatsiya, xorijiy davlatlarda oliy ata’lim, integratsion jarayonlar, pedagogning individual rivojlanish dasturi, ta’lim siyosati yo‘nalishlari.

Abstract

Bugun yangi Oʻzbekiston jahon hamjamiyati safida oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda. Keling uzoqqa bormay birgina taʼlim sohasidagi islohotlar haqida toʻxtalaylik. Sababi so’ngi yillarda yurtimizda maktab, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, aholining oliy taʼlim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Ushbu farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyaxloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan. Umuman olganda globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo’rish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim soxasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo’lsa, tarbiya soxasidagi o’ziga xoslik O’zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo’lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.

Published

2025-03-09

How to Cite

Sabirova Muxarram, To`ychiyeva Sanobar Erkinjon qizi, & Odilova Umidaxon Alisher qizi. (2025). TA`LIM SIYOSATI. Ustozlar Uchun, 68(1), 373-389. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/4428