O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT BOZORINING STATISTIK TAHLILI
Keywords:
Iqtisodiy o‘zgarishlar, global omillar, ishsizlik, bandlik, o‘zgarish dinamikasi.Abstract
Ushbu maqolada mehnat bozorining statistik tahlili asosida ishsizlik va bandlik ko‘rsatkichlarining zamonaviy tendensiyalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy o‘zgarishlar, global va milliy miqyosdagi omillar hamda ularning mehnat bozoriga ta’siri statistik usullar yordamida chuqur tahlil qilingan. Mualliflar ishsizlik va bandlik ko‘rsatkichlarining dinamikasini aniqlash, shuningdek, iqtisodiy siyosat va rejalashtirish jarayonida ushbu ko‘rsatkichlarning ahamiyatini baholashga yo‘naltirilgan eksperimental va empirik metodlardan foydalanganlar.
Tadqiqot natijalari asosida ishsizlikning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, bandlik darajasining o‘sishi yoki pasayishiga olib keladigan omillar va ularning iqtisodiy tizimga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar va xulosalar iqtisodiy siyosatni shakllantirish, mehnat bozorining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlangan. Maqola yakunida kelajakda ushbu sohada olib boriladigan tadqiqotlarning rivojlanish yo‘nalishlari va yangi statistik metodlarni qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilingan.