O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AQOLI DAROMADLARI KO‘RSATKICHLARINING STATISTIK TAHLILI
Keywords:
Aholi daromadlari, iste’mol tuzilmasi, daromad manbalari, statistik ko‘rsatkichlar, real daromad dinamikasi, prognozlashtirishAbstract
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisining daromadlari va iste’mol xususiyatlari statistika metodlari asosida izchil tadqiq etilgan. Tadqiqotda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi, ularning shakllanish manbalari, iste’molning mazmuni va mintaqaviy darajadagi tafovutlari chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, daromadlarning taqsimotidagi tendensiyalar, real daromad ko‘rsatkichlarining dinamikasi va iste’mol xarajatlarining asosiy tarmoqlari ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlari, xalqaro tashkilotlarning analitik hisobotlari, shuningdek, ilmiy adabiyotlardagi metodologik yondashuvlar asosida tahlillar amalga oshirilgan. Statistik tahlil, dinamik qiyoslash va strukturaviy baholash usullari yordamida daromad va iste’molning o‘zgarish tendensiyalari aniqlandi, ularning aholi turmush darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sistematik ravishda tavsiflangan.
Tadqiqot natijalari asosida aholi daromadlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror oshirishga, iste’molni muvozanatlashtirishga qaratilgan takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola materiallari davlat siyosatini ishlab chiqadigan organlar, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.