“8-SINF ADABIYOT DARSLARIDA ARUZ VAZNINI OʻRGATISH”
Keywords:
Aruz turkiy adabiyotda IX asrlardan islom dininig kirib kelishi bilan paydo bo‘lgan. Aruz so‘zi «chodirni ushlab turuvchi o‘rtasiga qo‘yilgan yog‘och», «bulut», «sarkash tuya» degan ma’nolarni anglatadi degan ma’lumotlar uchraydi.Abstract
Aruz vaznining asosini hijolarning sifati tashkil etadi. Shunga ko‘ra, aruz tizimidagi sheʼrlarda hijo dastlabki o‘lchov birligi sanaladi. Aruz sheʼriy oʻlchov tizimi misralarda qisqa va cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi. Demak, aruz vaznida hijolar goh cho‘ziq, goh qisqa talaffuz qilinadi. Aksariyat hollarda „o“ tovushidan boshqa unlilar bilan tugallanuvchi hijolar qisqa, barcha undosh tovushlar va „o“ bilan tugallanuvchi hijolar cho‘ziq hijo bo‘lib keladi. Tarkibida cho‘ziq unli boʻlgan (zor, yor, shod kabi), shuningdek, qo‘sh undosh bilan tugallangan (mehr, xalq, ilm kabi) yopiq hijolar o‘ta cho‘ziq hijo hisoblanadi. Aruz ilmiga doir adabiyotlarda qisqa hijo „V“ shaklida, cho‘ziq hijo " — " va o‘ta cho‘ziq hijo esa " ~ " shaklida belgilangan. Hijolarning cho‘ziq va qisqaligi sheʼriy misralarning yozilishiga qarab emas, balki vazniga muvofiq, oʻqilishiga qarab aniqlanadi.