KINGSLI EMIS ASARLARIDA "JAHLDOR YOSHLAR"NING NOROZILIK KAYFIYATINING IFODALANISHI

Authors

  • Mashrabova Dilnoza Avazxon qizi Author

Keywords:

Kingsli Emis, ‘‘Jahldor yoshlar’’, norozilik kayfiyati, ‘‘Omadli Jim’’ (Lucky Jim), satira, adabiy tahlil, yoshlar harakati, ijtimoiy isyon, ingliz adabiyoti

Abstract

Ushbu maqolada Kingsli Emisning ‘‘Omadli Jim’’ (Lucky Jim) romani misolida "Jahldor yoshlar" harakatining norozilik kayfiyati qanday ifodalangani tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asardagi bosh qahramon Jim Dikson obrazi orqali yosh avlodning ijtimoiy va madaniy tizimlarga bo‘lgan munosabati ko‘rib chiqiladi. Emisning satirik uslubi yoshlarning jamiyatga nisbatan o‘ziga xos isyonini aks ettirishda qanday rol o‘ynagani aniqlanadi. Shuningdek, romanda norozilikning siyosiy emas, balki shaxsiy va madaniy tus olgani hamda "Jahldor yoshlar" harakati vakillarining umumiy xususiyatlari bilan bog‘liqligi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Emis ijodi "Jahldor yoshlar" adabiy yo‘nalishining muhim qismi bo‘lib, uning ta’siri zamonaviy adabiyotda ham sezilarli darajada saqlanib qolgan.

Published

2025-03-29

How to Cite

Mashrabova Dilnoza Avazxon qizi. (2025). KINGSLI EMIS ASARLARIDA "JAHLDOR YOSHLAR"NING NOROZILIK KAYFIYATINING IFODALANISHI. Ustozlar Uchun, 68(2), 339-347. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/6810