ZAMONAVIY METODLAR VA 4K MODELI ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISH USULLARI

Authors

  • Ximmatova Komila Urozmamatovna Author
  • Boybo‘riyeva Kamola Ollayor qizi Author

Keywords:

Zamonaviy ta’lim metodlari, 4K modeli, kritikal fikrlash, hamkorlik, kommunikatsiya, kreativlik, Flipped Classroom, muammoli o‘qitish, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, multimedia vositalari, onlayn platformalar, kreativ yondashuvlar.

Abstract

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim metodlari va 4K modeli asosida darslarni tashkil etish usullarini ilmiy tahlil qiladi. Maqolada 4K modelining har bir elementini — Kritikal fikrlash, Hamkorlik, Kommunikatsiya va Kreativlikni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik metodlarning qanday qo‘llanilishi haqida so‘z yuritiladi. 4K modelining ta'lim jarayonidagi o‘rni va uning o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Darslarni tashkil etishda qo‘llaniladigan muhim metodlardan biri sifatida flipped classroom (aksiya darslar), muammoli o‘qitish, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, multimedia vositalari, onlayn platformalar va kreativ yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, o‘qituvchining zamonaviy ta’limdagi roli, uning o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuvlar va jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni haqida ham so‘z boradi. 

Published

2025-04-11

How to Cite

Ximmatova Komila Urozmamatovna, & Boybo‘riyeva Kamola Ollayor qizi. (2025). ZAMONAVIY METODLAR VA 4K MODELI ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISH USULLARI. Ustozlar Uchun, 69(1), 336-342. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/8468