BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KREATIV QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
Boshlang'ich sinf, ona tili, o'qish savodxonligi, kreativ fikrlash, ijodiy qobiliyatlar, pedagogik metodlar, innovatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar, guruhli ishlar, multimediya vositalari, kreativ yozish, ta'lim metodologiyasi, mustaqil fikrlash.Abstract
Mazkur maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarini ona tili va o'qish savodxonligi darslarida kreativ qobiliyatlarini shakllantirish metodikasiga bag'ishlangan. Maqolada kreativ fikrlashning ahamiyati, uning o'quvchilarda shakllanishi va o'qish savodxonligi hamda ona tili darslarida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan metodlar va innovatsion texnologiyalar tahlil qilinadi. O'qish savodxonligi va ona tili darslarining o'zaro aloqasi, interaktiv metodlar, guruhli ishlar, kreativ yozish, multimediya vositalarini qo'llash kabi pedagogik yondashuvlar o'quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda samarali usullar sifatida keltiriladi. Maqola ijodiy fikrlash va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan metodologik tavsiyalarni o'z ichiga oladi va boshlang'ich sinfda pedagoglarning kreativ qobiliyatlarni shakllantirishdagi roli va ahamiyatini ta'kidlaydi.