"OʻTMISHDAN ERTAKLAR" ASARIDA IJTIMOIY MUHIT, TARIXIY DAVR VA TURLI TAQDIRLARINING BOLA NIGOHIDA AKSLANISHI.

Authors

  • Isroilova Gavhar Qahramon qizi Author

Keywords:

XX asr oʻzbek adabiyotida katta salmoqga ega asarlari bilan mashhur Abdulla Qahhor ijodi keng koʻlamda oʻrganilmoqda . Xususan, matyoqub Qo’shjonov ,ozod Sharafiddinov va o’z davrining mashhur tanqidchi hamda olimlari uning ijodi bo’yicha izlanishlar amalga oshirishgan.Uning asarlari bitmas tuganmas xazina manbai hisoblanib , uning qissanavislik mahorati beqiyosdir.

Abstract

Abdulla Qahhorning "O‘tmishdan ertaklar" asarida o‘zbek xalqining og‘ir ijtimoiy-maishiy hayoti, tarixiy davr muammolari va turli inson taqdirlari bolakay qahramon nigohi orqali tasvirlanadi. Asarda eski tuzum zamonidagi zo‘ravonlik, adolatsizlik, jaholat va nodonlik holatlari bola qalbining sodda, ammo chuqur sezgirligi orqali yoritiladi. Muallif kichik voqealar, oddiy suhbatlar orqali yirik ijtimoiy haqiqatlarni ochib beradi. Bola nigohi orqali berilgan tasvirlar o‘quvchini o‘sha davr muhitiga olib kiradi, insoniylik, mehr-shafqat, adolat kabi tushunchalarni qadrlashga undaydi. Asar nafaqat adabiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, yosh o‘quvchiga o‘z xalqining tarixiy o‘tmishini anglash va unga tanqidiy qarash imkonini beradi.

Published

2025-04-14

How to Cite

Isroilova Gavhar Qahramon qizi. (2025). "OʻTMISHDAN ERTAKLAR" ASARIDA IJTIMOIY MUHIT, TARIXIY DAVR VA TURLI TAQDIRLARINING BOLA NIGOHIDA AKSLANISHI. Ustozlar Uchun, 69(1), 396-399. https://scientific-jl.com/uuc/article/view/8728