YOSHLAR SUBMADANIYATI: PEDAGOGIK YONDASHUV VA PROFILAKTIK IMKONIYATLAR
##semicolon##
yoshlar submadaniyati, pedagogik yondashuv, ijtimoiylashuv, profilaktika, deviant xulq-atvor, ta’lim tizimi, ijtimoiy muhit, madaniy qadriyatlar, submadaniyaviy identifikatsiya, yoshlar siyosati.##article.abstract##
Mazkur maqolada yoshlar submadaniyatining mazmuni, shakllanish omillari va uning jamiyatdagi o‘rni tahlil qilingan. Yoshlar submadaniyatining individual va ijtimoiy o‘zini anglash, tengdoshlar guruhiga mansublik hissi va muqobil hayotiy yo‘llarni izlash kabi ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi, ular muayyan xulq-atvor, til, kiyinish uslubi va madaniy qadriyatlarga ega bo‘lib, katta avlod va rasmiy madaniyatga nisbatan alohida pozisiyani shakllantirishlari ochib berilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarning ijtimoiylashuvidagi muammolarni bartaraf etish, ularni ijtimoiy muhitga uyg‘unlashtirish, deviant xulq-atvorning oldini olish maqsadida ta’lim muassasasi, oila va ijtimoiy institutlari o‘rtasida hamkorlikda ish olib borish zaruriyati ilmiy asoslangan.