BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISHDA MTT TARBIYACHISI OLDIDA TURGAN VAZIFALAR
Keywords:
Ushbu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tarbiyachilar maxsus metodik ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, bolalarning yoshiga mos va qiziqarli adabiyot tanlay olishlari lozim. Bu esa maktabgacha yoshdagi bolalarda madaniy-estetik dunyoqarash, nutq va tasavvur rivojlanishiga xizmat qiladiAbstract
Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish tarbiyaviy va estetik rivojlanishning muhim omillaridan biridir. Afsuski, ko‘plab maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bu jarayon tizimli emas, hamda bolalarda o‘qishga qiziqish va matnga estetik munosabat yetarlicha shakllantirilmayapti. Ushbu muammo MTT tarbiyachilari oldiga yangi pedagogik yondashuv va vazifalarni qo‘yadi. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, adabiyot tahlili, amaliy tajriba va interaktiv metodlar asosida tahlil olib borildi. Jumladan, yoshga mos adabiyot tanlash, ifodali o‘qish, vizual va rolli o‘yinlar orqali adabiy asar mazmunini tushuntirish kabi yondashuvlar qo‘llanildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bolalarda badiiy nutq, tasavvur va fikrlashni shakllantirishda ertaklar, she’rlar, qisqa hikoyalar muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachining ovoq ohangi, obrazlarni ifodalash qobiliyati, savol-javob asosidagi muloqot metodikasi bolalarning faolligini oshiradi. Shuningdek, muntazam va mazmunli badiiy o‘qishlar bolalarning kitobga bo‘lgan munosabatini ijobiy shakllantiradi. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish jarayoni MTTda tarbiyachining ijodkorligi, didi va pedagogik mahoratini talab qiladi.