MARKAZIY OSIYODA HANAFIY FIQHI VA MUXTASARUL-VIQOYANING O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Muxtasarul-Viqoya, Ubaydulloh ibn Mas‘ud, hanafiy fiqhi, Markaziy Osiyo, Jung to‘plamlari, Islom ta’limi, mo‘g‘ullar davri, fiqhiy terminologiya.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqola XIII asr oxiri va XIV asrlarda Markaziy Osiyoda hanafiy fiqhi doirasida Ubaydulloh ibn Mas‘ud Sadrush-Sharia Buxoriyning Muxtasarul-Viqoya asarining ahamiyatini o‘rganadi. Bu davrda ilmiy faoliyat asosan qadimiy asarlarni tarjimasi, sharhlari, hoshiyalari va matnlarini nazm shakliga keltirish bilan cheklangan bo‘lib, Muxtasarul-Viqoya ibodat va ijtimoiy-huquqiy masalalarni qamrab olgan ixcham, lekin keng qamrovli qo‘llanma sifatida ajralib turdi. Maqolada asarning tarixiy zarurati, tuzilishi va ta’limdagi o‘rni tahlil qilinadi, uning qo‘lyozma an’analari, mintaqaviy ta’siri va Jung to‘plamlaridagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot asarning mo‘g‘ullar davrida hanafiy an’analarni saqlashdagi roli va Mavarounnahrning ilmiy merosiga qo‘shgan hissasini ta’kidlaydi.