TOM KONSTRUKSIYALARINING O‘ZARO FAZOVIY ISHLASHINI TADQIQ ETISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: fermalar, bolt, vint, payvand, rama, balka, laga, tom to’shama.Abstract
Anotatsiya: Mazkur maqolada po‘lat listli tom qoplamalari, metall to‘sinlar (metall lagalar), qattiqlashtiruvchi elementlar (brakeler) va asosiy yuk ko‘taruvchi elementlar (ferma, ramalar va balka tizimlari) o‘rtasidagi konstruktiv birikishlar, ularning yuk taqsimotiga ta’siri, mahkamlash elementlarining (bolt, vint, payvand va h.k.) ishlash holatlari, shuningdek, SNIP va O‘zbekiston davlat qurilish me’yorlariga muvofiqligi chuqur tahlil qilinadi. Ushbu maqola ferma va progon kabi metall elementlarni ulashda ishlatiladigan turli xil ulanish turlarini o‘rganadi. Elementlarni birlashtirish usullari, ularning afzallik va kamchiliklari, shuningdek turli xil konstruksiyalar uchun eng mos ulanish turini tanlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu tadqiqotlar orqali strukturaviy o‘zgarishlar, birikish nuqtalarida kuchlanishlar va xavfli zonalar aniqlanadi.