VOYAGA YETMAGAN YOSHLAR O’RTASIDA TURLI ZO’RAVONLIKNI, XULQIDAGI SALBIY O’ZGARISHLARNI OLDINI OLISH BO’YICHA METODIK TAVSIYA( PEDAGOGLARGA)
Abstract
Inson yorug’ olamga kelib yaxshi-yomonni, oq-qorani, qarama-qarshiliklarni ko’radi, ishtirok etadi, yechim topadi yoki yengiladi.Yosh xususiyatlariga e’tibor bersak, o’smirlik davri eng qiyin, lekin o’tkinchi davr. Bu davrda bola yosh daraxt, yashin, shaboda, jala, dovul,egiluvchan novda, ,,qashshoq,, , ,,zaif,, olov bo’lib qoladi. U o’zining ,,Men,,lik darajasi ustunlik qilgani bois, uni yengishga qiynaladi, lek yordam olishni ham xohlamaydi, faqat siz ,,ichi,,dagini topishingizni, ko’p maslahat berishingizga tanqid bildiradi, ammo ,,o’zi’’ uchun ma’qul kelgan fikrlarni oziga qabul qiladi, ularga bo’ysunadi va amal qiladi. Bunda bola nima uchun o’zgarayapti?Bolaligida bunday fe’l-atvor holatlari ko’rinmas edi. Avvallari ham uning fe’l-atvori o’zgarayotgan edi, siz unga e’tibor bermas edingiz, ,,xali yoshsan, ko’p savol beraverma, odam bo’larmiding, senga hali hech kim ishonmaydi va hakozo kamsitishlarni davom ettirganingizda’’ u o’ziga o’zi savollar berar, tashqi muhitdan javob ololmas, va bola psixikasi o’smirlik davr inqirozida portlash darajasiga yetadi. U o’ziga turlicha javob izlaydi.Javoblari ,, meni hech kim tushunmaydi, men ,,yosh bola’’ manmi? O’zim mustaqil bo’laman, ,,men’’ing aytganim bo’ladi’’ bo’lmasa, ularga kimligimni ko’rsataman’’ degan g’oyalar diqqat markazida bo’ladi. Bularning barchasi bolaga nisbatan psixologik (hissiy) zo`ravonlik omillari tarzida tushunilishi mumkin.