FONETIK USLUBIYAT
Abstract
Fonetik uslubiyat, tilshunoslikning bir sohasi bo‘lib, tilning tovush tizimi va uning nutqdagi ifodalanishini o‘rganadi. Bu soha, ayniqsa, tilning fonetik jihatlariga, ya'ni tovushlarning shakli, o‘zaro bog‘lanishi va ular yordamida tilning ma'nolarini qanday etkazilishi, nutqda qanday ta'sirlar yaratishi bilan shug‘ullanadi. Fonetik uslubiyat tilning tovush jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, u nutqning ifodalovchi kuchini, xususiyatlarini va ahamiyatini o‘rganadi. Shuningdek,fonetik uslubiyat — tilning tovush vositalaridan san’atkorona foydalanishdir. U asarda ma'no va tuyg‘u ifodasini kuchaytiradi. Misol uchun, alliteratsiya (bosh tovushlarning takrorlanishi), assonansiya (unli tovushlar takrorlanishi) va onomatopoeiya (tovushni taqlid qiluvchi so‘zlar) fonetik uslub vositalaridir. Bu uslublar o‘quvchida turli his-tuyg‘ular uyg‘otib, matnga ritm va ohang beradi. Fonetik uslubiyat she’riyat, nasr va drama janrlarida keng qo‘llaniladi.