YOZUV KOMPETENTSIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Authors

  • Ziroat Saliyeva Zokirovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar:yozuv kompetensiyasi, grammatik aniqlik, diskursiv ko‘nikmalar sotsiolingvistik moslashuv,tanqidiy fikrlash, akademik yozuv, tahrir strategiyalari, ta’limda texnologiyalar roli.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqola yozuv kompetensiyasining mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, u akademik, kasbiy va ijtimoiy sohalarda asosiy ko‘nikma sifatida o‘rganilgan. Muallif yozuv kompetensiyasini grammatik aniqlik, leksik boylik, diskursiv va sotsiolingvistik ko‘nikmalar, shuningdek strategik fikrlashni o‘z ichiga olgan ko‘p komponentli tushuncha sifatida tahlil qiladi. Til qoidalarini bilish bilan birga matnni mantiqiy tuzish, auditoriyaga mos uslub tanlash va ma’lumotlarni tanqidiy baholay olish qobiliyatlari orasidagi bog‘liqlik ta’kidlanadi. Flower & Hayes, Hyland va Kellogg kabi tadqiqotchilarning ishlariga tayanib, maqolada yozuv kompetensiyasi nafaqat til qoidalarini bilishni, balki kognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab etishi ko‘rsatilgan. O‘qituvchilarning ushbu kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli, shuningdek zamonaviy texnologiyalarning yozuvni o‘rgatish jarayoniga ta’siri alohida e’tiborga olingan. Maqola pedagoglar, tilshunoslar va yozuv kompetensiyalarini riivojlantirish metodikasi bilan qiziqadiganlar uchun foydali bo‘ladi.

Author Biography

  • Ziroat Saliyeva Zokirovna

    Samarqand davlat chet tillar institute Mustaqil izlanuvchi

Published

2025-05-18