MIKRO GESLARNING GIDROENERGETIKADAGI ISTIQBOLLARI.
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Mikro GES, gidroenergetika, qayta tiklanuvchi energiya, elektr energiyasi ishlab chiqarish, suv resurslari, energiya xavfsizligi, iqtisodiy samaradorlik, ekologik energiya manbai.Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada mikro gidroelektr stansiyalarning (mikro GES) gidroenergetika sohasidagi o‘rni va istiqbollari tahlil qilingan. Mikro GESlar - quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan kichik energiya manbalari bo‘lib, ularning ekologik tozaligi, kam xarajatli ekspluatatsiyasi va mustaqil energiya ta’minoti imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Tadqiqot davomida mikro GESlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, ularni joylashtirish sharoitlari, hamda tog‘li va tog‘ oldi hududlarda qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganildi. Mikro GESlar O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, uzoq hududlarni elektrlashtirish va energiya xavfsizligini ta’minlashda katta salohiyatga ega ekani isbotlandi. Maqolada mikro GESlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham berilgan.