O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FE’L YASOVCHI –LA QO‘SHIMCHASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: affiks, mustaqil so‘zlar, taqlidiy so‘zlar, so‘z yasalishi, shakl yasalishi.Abstract
Annotatsiya. Tilshunoslik fanining o‘rganilishi sistematik ravishda amalga oshirilmoqda, jumladan, bo‘limlarga ajratish, turkumlarni aniqlash, kategoriyalarga bo‘lish, guruhlarga ajratish va nihoyat oppozitsiyada turgan holatlarni baholash kabilar. Demak, so‘z yasalishi ham bundan mustasno emas, chunki so‘z asosi bilan yasovchi o‘rtasidagi munosabat bu jarayonni asoslab beradi. Darhaqiqat, tilshunoslik fani tarixidan to bugungi kungacha bo‘lgan davrda so‘z yasalishi bo‘yicha turlicha qarashlar, fikrlar bildirilib kelinmoqda. Jumladan, turkiy tillarga oid fe’l yasalishi masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada eng faol fe’l yasovchi –la qo‘shimchasining o‘ziga xos xususiyatlari va taniqli tilshunos olimlarning fe’l yasovchi –la qo‘shimchasi bilan bog‘liq munozarali masalaga oydinlik kiritishga harakat qilganligi va o‘zining ilmiy qarashlari bilan fe’l yasalishiga doir xulosalar berganligiga guvoh bo‘lamiz.