KASB-HUNARGA YO'NALTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: kasb-hunarga yo‘naltirish, kasb tanlash, o‘quvchi qiziqishi, mehnat tarbiyasi, psixologik yondashuv, ijtimoiy omillar, kasbiy maslahat, ta’lim tizimi, innovatsion texnologiyalar.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb jihatlari, ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu yo‘nalishning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Kasb tanlash jarayonida oilaning, maktabning, pedagoglarning hamda ijtimoiy omillarning roli tahlil qilingan. Maqolada kasbiy yo‘naltirishning bosqichlari, metod va usullari, ayniqsa umumta’lim muassasalarida samarali kasbiy maslahat berish amaliyoti yoritilib, o‘quvchilarni mehnatga, tadbirkorlikka, ishlab chiqarishga va zamonaviy kasblarga yo‘naltirishda yangi yondashuvlar asosida tavsiyalar berilgan. Shuningdek, kasbiy o‘zini anglash, qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash mexanizmlari, kasb tanlashdagi psixologik omillar va innovatsion texnologiyalarning o‘rni ochib berilgan.