TAʼLIM MENEJMENTI VA UNING OLIY TAʼLIM MUASSASALARI RAHBARLARI FAOLIYATIGA TAʼSIRI

Authors

  • Xamdamova Sitora Botir qizi Author

Abstract

Oliy taʼlim muassasalari zamonaviy jamiyatning ilmiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim poydevorlardan biridir. Ushbu muassasalarning rivojlanishi va global raqobatbardoshligi samarali boshqaruv tizimlariga, xususan, taʼlim menejmentining zamonaviy yondashuvlariga bogʻliq. Taʼlim menejmenti faqat muassasa ichidagi jarayonlarni tartibga solish bilan cheklanmaydi, balki akademik sifatni oshirish, xalqaro standartlarga moslashish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishda strategik yoʻnalishlarni belgilaydi. Bu jarayonda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari markaziy oʻrin tutadi, chunki ularning qarorlari, boshqaruv uslublari va strategik koʻnikmalari muassasa muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli, taʼlim menejmentining rahbarlar faoliyatidagi rolini oʻrganish nafaqat ilmiy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.

Author Biography

  • Xamdamova Sitora Botir qizi

    Xalqaro Nordik universiteti magistranti

Published

2025-05-22