O‘SIMLIK DUNYOSINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MELIORATIV TADBIRLAR
Abstract
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish eng avvalo yerga bo‘lgan munosabatning to‘g‘ri hal etilishi hamda sug‘orma dehqonchilikda suv resurslarining o‘rniga bog‘liqligi bois, aksariyat olimlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda yer-suv resurslaridan foydalanish masalasini asosiy mezon sifatida e’tiborga olish lozimligini e’tirof etadilar. Bunday qarash qishloq xo‘jaligida hal qiluvchi va almashtirib bo‘lmaydigan asosiy ishlab chiqarish vositasi va mehnat predmeti hisoblangan qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar va suv resurslarining makonda keskin cheklanganligini asoslagan holda qishloq xo‘jaligi samaradorligi tushun-chasini aniqlash imkonini beradi. Shu sababdan ham barcha yerdan foydalanuvchilarga minimum xarajat evaziga har gektardan maksimal mahsulot yetishtirish vazifasi qo‘yiladi.