SUG’URTALOVCHILARNING INVESTITSION FAOLIYATINI BAHOLASH

Authors

  • Ostonov Muhriddin Bahriddin o’g’li Author

Abstract

Jahon iqtisodiyotida global, milliy, mintaqaviy va hududiy investitsion muhit jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalalardan sanaladi. Shuningdek, xalqaro nufuzli moliya muassasalari, xususan, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, BMTning Taraqqiyot dasturlari singari xalqaro tashkilotlar tomonidan investitsion muhit jozibadorligini baholash va samarali investitsiya qarorlarini qabul qilish, erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiyhuquqiy maqomini oshirish va ularni optimal joylashtirish, investorlar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib, biz mamlakatimiz invеstitsion muhit jozibadorligini oshirishda Xitoy va Singapur tajribasini o‘rganib chiqamiz. O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning investitsion siyosat izchilligiga ishonchini mustahkamlash va davlat tuzilmalarining investorlar bilan ishlashdagi mas’uliyatini oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish, balanslashgan investitsion siyosatni shakllantirish, investitsion faollikni ta’minlash orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining ustustuvor yo'nalishlari va rivojlanish dasturlarini belgilashda albatta, asosiy e'tibor yanada qulay investitsiya muhitini yaratishga va xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga qaratilayotganligini ta'kidlash kerak. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: "Investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi"[1,2] deb qayd etgani e'tiborga molikdir. Chunki faol va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirilishi va investitsiya muhitining investorlar uchun yanada qulay bo'lishiga erishish - mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Investitsion jozibadorlikni aniqlashning muhim shartlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: mintaqalarning tabiiy sharoiti, shakllangan ishbilarmonlik muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriyboshqaruv tamoyillari, aholining tadbirkorlik subyektlarini boshqarishga tayyorligi, tavakkalchilikni anglash va mehnat resurslarining malakasi va turli institutsional tizimlarning mavjudligi hamda ularning rivojlanishi . Investitsion jozibadorlik potensial investorga mavjud mablagʻlarni investitsiya qilish maqsadida ma’lum bir investitsiya obyekti boshqalariga qara- ganda qanchalik jozibador ekanligini baholashga imkon beradigan xususiyatlar toʻplami hisoblanadi . Investitsion jozibadorlikning oshishi zamonaviy raqobat sharoitida kompaniyaning samarali ishlashi, rivojlanishi va oʻsishiga yordam beradi . Korxonalarning investitsion jozibadorligi bevosita mamlakatdagi investitsiya siyosati va yaratilgan investitsion muhitiga bogʻliq. Xususan, investitsiya muhiti uchta qismdan iborat tizim sifatida koʻrib chiqiladi: investitsiya salohiyati, investitsiya riski va qonunchilik shartlari. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda investitsiya jarayoni bozor konyunkturasi ta’siri, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari va hajmiga bogʻliq.

Author Biography

  • Ostonov Muhriddin Bahriddin o’g’li

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,“Sug’urta ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi

Published

2025-05-25