INSULT VA PARODONT KASALLIKLARI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
Kalit so‘zlar: Insult, parodont kasalliklari, yallig‘lanish, havf omillari, epidemiologiya, patofiziologiya, profilaktika, stomatologiya.Abstract
Anotatsiya. Ushbu maqolada insult va parodont kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik so‘nggi yillarda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar markazida turibdi. Parodont kasalliklari — bu tish atrofidagi to‘qimalarning surunkali yallig‘lanishi bo‘lib, u organizmda sistematik yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Bu jarayonlar esa insult xavfini oshiruvchi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada parodont kasalliklari va insult o‘rtasidagi patofiziologik mexanizmlar, yallig‘lanish mediatorlari roli, epidemiologik tadqiqotlar natijalari, shuningdek, profilaktika va davolash yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, parodont kasalliklarini o‘z vaqtida davolash insult xavfini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Ushbu maqola tibbiyot va stomatologiya sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi muassasalar uchun foydali bo‘lishi maqsad qilingan.