TIBBIYOT ELEKTRONIKASI YORDAMIDA ANIQLANADIGAN FIZIK KATTALIKLAR IMKONIYATLARI

Authors

  • Ashurqulova Xusniya G‘ayrat qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: elektr kuchlanishi,elektromagnit to‘lqinlar,piezoelektrik effekt,yorug‘lik yutilishi, harorat, bosim, tibbiyot elektronikasi,sun’iy intellekt,IoT (Internet of Things), raqamli signalni qayta ishlash ,fizika,interdisiplinar,EKG (elektrokardiograf),UZI (ultratovush diagnostikasi),avtomatik tonometrlar, raqamli termometrlar.

Abstract

Annotatsiya: Mavzuning dolzarbligi shundaki, tibbiy elektronika sohasida nafaqat texnik muhandislik, balki fizika fanining asosiy qonunlari va hodisalari (elektr kuchlanishi, elektromagnit tolqinlar, piezoelektrik effekt, yoruglik yutilishi, harorat va bosim ozgarishlari) chuqur integratsiyalashgan holda tatbiq qilinmoqda. Bu esa fizika fanining tibbiy tashxis va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi rolini yanada oshiradi. Ayniqsa, pandemiya va boshqa global sog‘liq muammolari fonida nafas olish chastotasi, kislorod sathi, yurak urishi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlovchi qurilmalarning keng qo‘llanilishi, ushbu sohaning ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirib, uni dolzarb muammolardan biriga aylantirmoqda.Shuningdek, tibbiyot elektronikasining rivojlanishi zamonaviy texnologiyalar — sun’iy intellekt, IoT (Internet of Things), raqamli signalni qayta ishlash — bilan uyg‘unlashmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ushbu mavzuni nafaqat fizika va tibbiyot, balki ko‘plab boshqa fanlar bilan kesishuvchi interdisiplinar ilmiy yo‘nalish sifatida qarashni taqozo etadi. Shu sababli, tibbiyot elektronikasi yordamida aniqlanadigan fizik kattaliklarni o‘rganish — nazariy va amaliy jihatdan nihoyatda dolzarb va istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.

Author Biography

  • Ashurqulova Xusniya G‘ayrat qizi

    ‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim , Fan va Innovatsiyalar vazirligi Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti

    DTPI Fizika yo‘nalishi 4- kurs talabasi

Published

2025-06-03