AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH MASALALARI
Abstract
Maqsadi:Ushbu tezisning maqsadi aholining turmush darajasini oshirishning asosiy omillarini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot doirasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.Aholining turmush darajasini belgilovchi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlarni chuqur o'rganish. Turmush darajasiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillarni tizimli ravishda tahlil qilish.Mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda aholi turmush darajasini oshirish bo'yicha qabul qilingan strategiya va dasturlarning samaradorligini baholash.Aholining daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish. Hududiy tafovutlarni hisobga olgan holda turmush darajasini oshirishga qaratilgan kompleks yechimlarni taklif etish.