OʻZBEKISTONDA INKLYUZIV OLIY TAʼLIMNI TASHKIL ETISH VA UNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Islomova Iroda Erkin qizi Author

Abstract

Zamonaviy taʼlim tizimi inson huquqlarini taʼminlash, ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplariga asoslanib shakllanmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida har bir shaxs taʼlim olish huquqiga egaligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Soʻnggi yillarda global taʼlim siyosatida inklyuziv taʼlim konsepsiyasi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida ilgari surilmoqda. Inklyuziv taʼlim – bu barcha taʼlim oluvchilarning, jumladan, jismoniy, aqliy yoki boshqa turdagi cheklovlarga vaqtincha yoki doimiy ravishda ega boʻlgan shaxslarning taʼlim muassasalarida teng va sifatli taʼlim olish huquqini roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan pedagogik va huquqiy yondashuvdir.

Published

2025-06-18