INGLIZ TILINI O‘QITISHNING YANGI VA ZAMONAVIY USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ingliz tili, zamonaviy usullar, kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, onlayn ta’lim, gamifikatsiya, task-based learning, motivatsiya, til o‘rgatish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitishning yangi va zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Xususan, kommunikativ yondashuv, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, onlayn va blended (aralash) ta’lim shakllari, shuningdek, gamifikatsiya (o‘yinlashtirish) va task-based learning (vazifaga asoslangan ta’lim) kabi ilg‘or metodlar o‘rganiladi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish, ularning motivatsiyasini oshirish va mustaqil ta’limga yo‘naltirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ingliz tilini o‘rgatishda o‘qituvchining roli, dars jarayonida interaktiv vositalardan foydalanish amaliy misollar bilan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari til o‘rgatish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.