BOLALAR ADABIYOTI TARJIMASIDA LEKSIK TRANSFORMATSIYALARNING XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Bolalar adabiyoti, tarjima, leksik transformatsiya, sinonimik almashtirish, konkretizatsiya, modifikatsiya, stilistik moslashuv, madaniy tafovut, o‘zbek tili, ingliz tili.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada bolalar adabiyotini tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan leksik transformatsiyalarning xususiyatlari, ularning semantik, stilistik va madaniy jihatdan moslashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Bolalar adabiyoti o‘ziga xos til soddaligi, obrazlilik va emotsional boylik bilan ajralib turadi, shuning uchun tarjima jarayonida matn mazmunini saqlab qolish bilan birga, yosh o‘quvchilarga tushunarli, qiziqarli va milliy ruhda ifodalangan variant yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada sinonimik almashtirish, konkretizatsiya, generalizatsiya, modifikatsiya, kompensatsiya kabi leksik transformatsiya turlari real tarjima misollarida tahlil qilinib, ularning bolalar adabiyoti kontekstida qanday qo‘llanishi ilmiy asosda ochib berilgan. Tadqiqot tarjimashunoslar, bolalar yozuvchilari va pedagoglar uchun metodik jihatdan foydalidir.