LEKSIK TRANSFORMATSIYALAR VA ULARNING TILLARARO TARJIMADAGI OʻRNI

Authors

  • Qobilova Kamola Azamatovna Author
  • Azimjonova Mastona Raxmatullayevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Leksik transformatsiyalar, tarjima nazariyasi, sinonimiya, antonimiya, leksik o‘zgarishlar, tilaro muvofiqlik, ekvivalentlik, kontekstual ma’no, tarjima strategiyalari, tarjimada moslash.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada leksik transformatsiyalar tushunchasi, ularning turlari va tilaro tarjima jarayonidagi ahamiyati tahlil etiladi. Tilshunoslikda tarjima nazariyasining muhim bo‘g‘ini sifatida qaraladigan leksik transformatsiyalar — tarjimon tomonidan asl matn mazmunini, uslubini saqlagan holda boshqa tilda ifodalashda qo‘llaniladigan leksik vositalar o‘zgarishi shaklida namoyon bo‘ladi. Maqolada ayni jarayon doirasida sinonim almashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish, tafsilotlarni qo‘shish yoki tushirib qoldirish kabi leksik usullar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, maqola tarjimonning til sezgirligi, madaniyatlararo kompetensiyasi va kontekstual tafakkuri ushbu transformatsiyalarning muvaffaqiyatli qo‘llanishida muhim rol o‘ynashini asoslaydi. Tadqiqot natijalari tilaro tarjima amaliyotida leksik darajadagi o‘zgarishlar mazmunning aniqligini saqlab qolishda muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.

Published

2025-06-19