INGLIZ TILI TOPSHIRIQLARI ORQALI TANQIDIY FIKRLARNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Ingliz tili, tanqidiy fikrlash, topshiriqlar, mustaqil fikr, muammoli vaziyat, savol-javob, tahlil, interfaol metodlar, muloqot, darsda faollik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tili darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlarning turlari, ularning metodik ahamiyati va qo‘llash yo‘llari tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash — bu o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, dalillarga asoslangan xulosalar chiqarishi, muammolarga kreativ yechim topish qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim ko‘nikmadir. Tadqiqotda ingliz tilidagi og‘zaki va yozma topshiriqlar orqali o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, savol-javoblar, matn tahlili, munozara va muammo asosida tuzilgan mashqlar orqali ularning tanqidiy yondashuvini kuchaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari ingliz tili o‘qituvchilariga zamonaviy ta’lim talablariga mos metodik yondashuvni ishlab chiqishda amaliy yordam beradi.