O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI LEKSIK TRANSFORMATSIYALAR: QIYOSIY TAHLIL

Authors

  • Qobilova Kamola Azamatovna Author
  • Ashuraliyeva Maftuna Yo‘ldosh qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Leksik transformatsiya, tarjima, qiyosiy tahlil, sinonimiya, konkretizatsiya, modifikatsiya, o‘zbek tili, ingliz tili, tarjimashunoslik, semantik siljish.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida leksik transformatsiyalarning mazmun-mohiyati, turlari va qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Leksik transformatsiya — bu bir tildagi so‘z yoki iboraning boshqa tilga o‘zgartirilgan shaklda berilishi, shu orqali mazmunning saqlanib qolishi yoki moslashtirilishidir. Tadqiqotda sinonimiya, antonimiya, generalizatsiya, konkretizatsiya, kompensatsiya, modifikatsiya kabi asosiy leksik transformatsiya turlari har ikki tilda amaliy misollar bilan solishtirilib o‘rganilgan. Shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik siljishlar va madaniy tafovutlar ham ko‘rib chiqilgan. Maqola tarjimashunoslik, leksikologiya va qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishida izlanish olib borayotgan mutaxassislar va talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Published

2025-06-19