UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR AUDITINING TASHKILIY VA USLUBIY JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit soʻzlar: Uzoq muddatli aktivlar, audit, tashkiliy jihatlar, uslubiy jihatlar, buxgalteriya hisobi, audit sifati, auditorlik tekshiruvi, aktivlar inventarizatsiyasi, aktivlar baholash, amortizatsiya, eskirish, moliyaviy hisobot, aktivlar nazorati.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda uzoq muddatli aktivlar auditining zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi va audit jarayonining uslubiy jihatlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Uzoq muddatli aktivlar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ko‘p yillar davomida foydalaniladigan, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar bo‘lib, ularning to‘g‘ri hisobga olinishi va muntazam ravishda tekshirib borilishi subyektning moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tezisda uzoq muddatli aktivlar auditini amalga oshirishda uchraydigan dolzarb muammolar tahlil qilinadi, xususan, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yetarlicha aniqligi, aktivlarning mavjudligi va eskirish darajasi, ularning real bahosi, amortizatsiya hisob-kitoblarining to‘g‘riligini tekshirishdagi noaniqliklar kabi omillar chuqur ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tezisda auditning tashkiliy jihatlari – ya’ni audit rejasini tuzish, auditorlar guruhining tarkibi, audit dasturi va muddatlarini belgilash kabi jihatlar muhim o‘rin egallaydi. Uslubiy jihatlar esa, aktivlar inventarizatsiyasi, baholash, tahlil va xulosa chiqarish bosqichlarining zamonaviy audit texnologiyalari asosida takomillashtirilishini o‘z ichiga oladi.