HUDUDLARNING SOLIQ SALOHIYATINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Authors

  • Sharipov Narzullo G‘ulomovich Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: Soliq, byudjet, soliq tushumi, soliq salohiyati, byudjet daromadi, soliq salohiyati, hududlar, soliq yig‘imlari, bevosita soliqlar, soliq turlari, soliq stavkasi.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu tezisda O‘zbekiston hududlarining soliq salohiyatini oshirishda mavjud bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar yoritilgan. Hududiy soliq salohiyati mamlakatning fiskal barqarorligi, byudjet daromadlarining shakllanishi va iqtisodiy mustahkamlikda muhim o‘rin tutadi. Biroq, ayrim hududlarda mavjud ishlab chiqarish salohiyatining yetarlicha ishga solinmagani, norasmiy iqtisodiyot ulushining yuqoriligi, soliq bazasining torligi, soliq ma’murchiligidagi kamchiliklar va axborot tizimlarining yetarli darajada integratsiyalanmaganligi kabi muammolar soliq tushumlarining to‘liq shakllanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Tezisda ushbu muammolarning har biri atroflicha tahlil qilinib, ularga qarshi samarali choralar taklif etiladi.

Published

2025-06-19