MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOG‘LOM OVQATLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: sog‘lom ovqatlanish, maktabgacha ta’lim, bolalar ratsioni, gigiyena, sanitariya, oziq-ovqat sifati, kaloriya.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, unga qo‘yiladigan gigiyenik, sanitariya va me’yoriy talablar yoritilgan. Tadqiqotda bolalarning yoshi, fiziologik ehtiyojlari va sog‘lig‘i bilan bog‘liq holda ovqatlanish ratsionini shakllantirish, kaloriya miqdorini to‘g‘ri belgilash, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ovqat tayyorlash va tarqatish jarayonlarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, oshxona jihozlari, xodimlarning tibbiy ko‘rigi va gigiyenik malakasi, ichimlik suvi va saqlash sharoitlari muhim jihatlar sifatida tahlil qilingan. Mazkur ish sog‘lom avlodni shakllantirishda to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatining ahamiyatini asoslab beradi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.