TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK ASOSLARI (OLIY TA’LIM MUASSASALARI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, didaktik asoslar, oliy ta’lim, masofaviy ta’lim, raqamli savodxonlik, interaktiv vositalar, virtual laboratoriyalarAbstract
Mazkur ilmiy ishda oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik asoslari o‘rganilgan. Ta’lim jarayonini raqamlashtirish, innovatsion metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim tizimlari hamda interaktiv dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etishning pedagogik va didaktik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarning raqamli savodxonligini rivojlantirish, ularning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni alohida ko‘rib chiqilgan. Ilmiy ish natijasida oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.