YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIK HOLATLARINI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Authors

  • Abdiraximova Dana Joldasovna Author
  • Nasirova Sultanay Talgatovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: giyohvandlik, yoshlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, zaharli modda, sotsiologik tadqiqot, jinoyatchilik

Abstract

Annotatsiya: Mamlakatning har bir ongli fuqarosi giyohvandlikka qarshi kurashni shaxsiy va fuqarolik burchi deb bilishi lozim. Bu jarayon keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, umummilliy miqyosdagi harakatga aylanishi zarur. Aks holda, kelajak avlod salomatligi, oilalar barqarorligi va jamiyat taraqqiyoti jiddiy xavf ostida qoladi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida giyohvand moddalar iste’moli dinamikasining ortib borishi, ayniqsa, yoshlar orasida, jiddiy ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri mavjud profilaktika va rehabilitatsiya tizimlarining real holatga mos kelmasligi va ularning yetarli darajada barqaror emasligidir. Giyohvandlik yosh avlodning psixofiziologik, axloqiy va sotsial rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli xavf omiliga aylanmoqda. Ushbu maqolada giyohvandlik muammosining yoshlar orasida tarqalish sabablari, uning deviant xulq-atvor shakllariga ta’siri va sotsiologik-diagnostik yondashuvlar tahlil etiladi.

Published

2025-06-22